Qatar terma jamoasi Jahon chempionatlaridagi ilk ochkosini qo'lga kiritdi

Qatar terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichi guruh bosqichi o'yinida Shveytsariya jamoasi bilan durang o'ynadi (1:1).
Qatar milliy terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatlaridagi dastlabki ochkosini qo'lga kiritdi. 2022 yilgi uy mundialda jamoa guruh bosqichidagi barcha uchta o'yinda — Ekvador, Senegal va Niderlandiyaga imkoniyatni boy bergan edi. Bungacha esa Qatar terma jamoasi final turnirlarining saralash bosqichidan o'ta olmagan.
Hozirda Qatar bir ochko bilan JCh-2026 «B» guruhi turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. 19 iyun kuni ushbu terma jamoa Kanadaga qarshi maydonga tushadi.