«Real» yaqinda Joze Mourinoni jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinladi. Marca nashri sahifalarida «qaymoqranglilar»ning ushbu tanloviga bag'ishlangan maqola chop etildi. Unda aytilishicha, «Real»ning bu qarori ko'p jihatdan o'tgan mavsumda Xabi Alonso va Alvaro Arbeloa duch kelgan kiyinish xonasidagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.

«Mourinoning qaytishi ortidagi sabablarning yashirin tomoni ham bor. Gap madridliklar klubi kiyinish xonasida tartib o'rnatish haqida bormoqda. Klubdan berilayotgan ishora juda aniq yangramoqda: "Qani ko'ramiz, endi kim o'z noroziligini bildirarkin" — bu muntazam tus olgan va ish jarayoniga xalaqit bergan asabiy munosabatlarga shamadir», — deb yozadi manba.

Florentino Peres Joze Mourinoni jamoada tartib-intizom o'rnatish uchun eng ideal nomzod deb hisoblaydi.

Manba: Stadion.uz