"Yuventus"ning sobiq futbolchisi Miralem Pyanich Turin klubi sotib olishi kerak bo'lgan o'yinchini aytdi. U "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silvani alohida ta'kidlab o'tdi.

"Agar "Yuventus" Tonalini sotib ololmasa, unda Bernardu Silva bilan shartnoma imzolashi kerak. U aynan "Yuventus"ga kerak bo'lgan chempiondir. Unda sifat, xarakter va individuallik bor. Silva vaziyatni o'zgartirishga qodir", — dedi Pyanich.

Bernardu Silvaning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. Joriy mavsum tugaganidan so'ng u erkin agentga aylanadi.