Pyanich faoliyatini yakunlashi mumkin

"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Miralem Pyanich faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda.
Legalbet’ga ma'lum bo'lishicha, 35 yoshli bosniyalik futbolchi Rossiya klubini tark etgach, butsalarini mixga ilib qo'yishi mumkin, chunki u hali ham yangi jamoa topa olmagan.
O'tgan mavsum oxirida Pyanich TsSKA bilan mehnat shartnomasini uzaytirmoqchi edi, ammo Marko Nikolich bosh murabbiylikdan ketganidan keyin jamoani tark etishga qaror qildi.
"Qizil-ko'klar" libosida Pyanich 25 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.