"Milan"ning amerikalik hujumchisi Kristian Pulishich kelib chiqishi xorvat bo'lib, Luka Modrichning jamoaga qo'shilishi uni ayniqsa quvontirdi.

Pulishichning aytishicha, u afsonaviy futbolchining ashaddiy muxlisi. "Biz aslida xorvatmiz, shuning uchun barchamiz Lukani yaxshi ko'ramiz.

Jiyanlarim hatto uy hayvoniga uning nomini qo'yishgan. Uni ko'rish va u bilan har kuni mashg'ulot o'tkazish aql bovar qilmaydi.

Men undan o'rganishga harakat qilaman. Savollar berishga va doimo aloqada bo'lishga harakat qilaman", - dedi Pulishich.