"Milan" futbolchisi Kristian Pulishich A Seriya 14-turidan o'rin olgan "Torino"ga (3:2) qarshi o'yindagi dubli haqida fikr bildirdi.

"Ikki kun oldin to'shakda o'likdek yotgandim, ammo bugun o'zimni ancha yaxshi his qildim va bu erga kelib, jamoaga yordam bera olganimdan juda xursandman.

Kecha o'ynay olish-olmasligimni bilmasdim, lekin bugun ertalab o'zimni ancha yaxshi his qildim. Rostini aytsam, gollardan ko'ra g'alabadan ko'proq xursandman", - dedi Pulishich.

14-turdan keyin "Milan" ochkolarini 31taga etkazib, peshqadamga aylanib oldi. Jamoa ligada ketma-ket 13 o'yinda mag'lubiyatga uchramagan.