AQSh terma jamoasi forvardi Kristian Pulishich FIFAning Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasini kechiktirish borasidagi shov-shuvli qaroriga munosabat bildirdi.

«Monako» hujumchisi Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o'yinda raqibga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun maydondan chetlatilganiga qaramay, JCh-2026 ning 1/8 finalidan o'rin olgan Belgiyaga qarshi uchrashuvda o'z jamoasiga yordam bera oladigan bo'ldi.

«Bu bizni yanada kuchliroq qiladi. O'sha vaziyatdagi qo'pollikda hech qanday qasddan qilingan harakat yo'q edi. Menga bu turnirda bundan ham yomonroq qoidabuzarliklar sodir bo'lgandek tuyuldi. Balogun bu o'yinda maydonga tushishga loyiq edi», — deya Pulishichning so'zlarini keltiradi The Athletic nashri.

Balogun o'z uylarida o'tayotgan mundialda AQSh terma jamoasining eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.

Manba: Stadion.uz