"PSV" Boadu bilan shartnoma imzoladi

"PSV" «Monako»dan Mayron Boaduni 800 ming evroga sotib oldi. L’Equipe 24 yoshli forvard uchun tovon puli 1 million evrodan kam ekanligini tasdiqladi.
Niderlandiya klubi futbolchi bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzoladi va uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatiga ega.
O'tgan mavsumda Boadu "Boxum"da ijara asosida o'ynadi va Bundesligada 19 o'yinda 9 gol urdi.