«PSJ» yulduzi JCh-2026 oldidan: «Biz doimo g'alabalarga chanqoqmiz»

«PSJ» va Frantsiya terma jamoasi chap qanot himoyachisi Lyuka Ernandes Jahon chempionati oldidan o'z kayfiyati (ishtiyoqi) haqida gapirib berdi. 30 yoshli futbolchi «uchranglilar»ning mundial uchun qaydnomasidan joy olgan. Dide Desham shogirdlari guruh bosqichida Senegal, Iroq va Norvegiya terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.
«Hozirgi kayfiyat? Orqada «PSJ» bilan tarixga kirgan aql bovar qilmas mavsum qoldi, biroq bu allaqachon o'tmish. Endi bor e'tibor terma jamoaga qaratilgan. Biz doimo g'alabalarga chanqoqmiz, hech qachon erishilgan natijalar bilan to'xtab qolmaymiz. Tayyorgarlik davom etmoqda, hali ayrim jihatlarni yaxshilashimiz kerak. Jahon chempionati — hamma uchun alohida ahamiyatga ega voqelikdir. Biz muxlislarimizga faxrlanishlari uchun sabab taqdim etmoqchimiz», — deya Frantsiya OAVlari Ernandesning so'zlarini keltirmoqda.
Payshanba kuni Frantsiya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Kot-d’Ivuar vakillariga imkoniyatni boy berib qo'ydi (1:2).