«PSJ» rahbariyati jamoa sardori Markinosning 2026 yilning yozida ketishiga to'sqinlik qilmaydi, deb xabar bermoqda GFFN L'Equipe nashriga tayanib.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, 31 yoshli braziliyalik futbolchi jamoada qolish-qolmasligini o'zi hal qiladi. Parijliklar mavsum yakunida uning ketishiga qarshi emas.

Muhammad Saloh, Markinos 2013 yildan beri «PSJ» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 26 ta o'yinda ishtirok etib, ikkita gol urdi. Braziliyalik himoyachining klub bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 30 million evroga baholamoqda.