Yarim himoyachi Senni Meyulyu "PSJ" bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashi mumkin. Bu haqda Lequipe jurnalistlariga ma'lum qilindi.

Manbaga ko'ra, frantsuz grandi rahbariyati 19 yoshli xavbekning agenti bilan muzokaraga kirishgan. Meyulyuning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarida yakuniga etadi. Futbolchining bozor narxi 25 million evroga baholanmoqda.

Frantsiya chempionatining joriy mavsumida Senni beshta o'yin o'tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.