"PSJ" xavbeki APLga ko'chib o'tishi mumkin

"Nottingem Forest" "PSJ" hujumkor yarim himoyachisi Li Kan Inni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda L'Equipe xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "o'rmonchilar" parijliklar bilan muzokaralarni boshlab, 24 yoshli futbolchi uchun 30 mln evro taklif qilishgan. "PSJ" yana 30 mln evroni bonuslar ko'rinishida olishi mumkin.
Qayd etilishicha, frantsuz klubi rahbariyati bu taklifga rad javobini bergan, ammo "Nottingem Forest" taslim bo'lmoqchi emas va koreyalik futbolchi uchun taklifni oshirishi mumkin.
O'tgan mavsumda Li Kan In "PSJ" safida 47 ta o'yinda 7 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Mish-mishlarga ko'ra, yozda uni "Arsenal" va "Manchester Yunayted" sotib olmoqchi bo'lgan.