"PSJ" Vitinya va Neveshni "Real"ga sotmaydi

"Pari Sen-Jermen" klubi Vitinya va Joau Nevesh bilan xayrlashish niyatida emas.
Fabritsio Romanoning bergan ma'lumotiga ko'ra, Madridning "Real" klubi ushbu ikki yarim himoyachiga qiziqish bildirayotgani haqidagi mish-mishlar fonida Parij klubi qat'iy pozitsiyani egallagan.
"PSJ"ning pozitsiyasi shundan iboratki, har ikki futbolchi sotilmaydi. Vitinya va Nevesh daxlsiz hamda klub loyihasining asosiy qismi sifatida ko'rilmoqda.