Yozgi transferlar bozorida "PSJ" va "Manchester Yunayted" bir-biri bilan shov-shuvli hujumlar almashishi mumkin. Shunday qilib, hozirda "Barselona"da ijarada o'ynayotgan Markus Reshford Parijga, Bredli Barkolya esa Manchesterga yo'l olishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri futbol funktsioneri Kit Uaynesga tayanib xabar bermoqda.

Shu bilan birga, Reshfordning pozitsiyasi to'siq bo'lishi mumkinligi ta'kidlanmoqda - 28 yoshli forvard "Barselona"da qolishni istamoqda. Ruben Amorimning Manchesterdagi rejalariga Markus kirmaydi.

Transfermarkt portali Reshfordni 40 million evroga, 23 yoshli Barkolyani esa 70 million evroga baholamoqda.