«PSJ» va «Bavariya» o'rtasidagi trillerning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi (foto)

«PSJ» vingeri Usmon Dembele Chempionlar Ligasi yarim finalidan o'rin olgan «Bavariya»ga qarshi dastlabki o'yinning (5:4) eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Frantsiyalik futbolchi birinchi bo'lim yakunida penaltini aniq amalga oshirdi, 33-daqiqada esa burchak to'pidan so'ng Joau Neveshning goliga assistentlik qildi.
