Dezire Due jarohat tufayli bir oyga yaqin maydonga tusha olmaydi.

"PSJ" vingeri JCh-2026 saralashi doirasida Frantsiya va Ukraina terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda (2:0) boldir mushaklaridan jarohat oldi.

L'Equipe xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchi 3-4 haftaga safdan chiqqan. Avvalroq, ushbu o'yinda jarohat olgan Usmon Dembele 6 hafta maydonga tusha olmasligi ma'lum bo'lgandi.