«PSJ» tarkibda kuchaytirilishi lozim bo'lgan asosiy pozitsiyani belgilab oldi

«Pari Sen-Jermen» klubi muvaffaqiyatli mavsumdan so'ng tarkibni yanada kuchaytirish ustida ish olib bormoqda.
Parijliklar yana bir bor Chempionlar ligasi va Frantsiya chempionatida g'olib chiqishdi, biroq ular rivojlanishdan to'xtab qolmaslikka harakat qilishmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, klub rahbariyati ayni paytda yangi markaziy himoyachi sotib olish ustida ishlamoqda. Avvalroq «PSJ»ning himoya ikkala qanotini ham kuchaytirish rejalari haqida xabar berilgan edi — unda Nunu Mendesh va Ashraf Hakimiyga munosib o'rinbosarlar taklif etilishi nazarda tutilgan.
Eslatib o'tamiz, Luis Enrike qo'l ostida «PSJ» ketma-ket ikki marta Chempionlar ligasida zafar quchdi, vaholanki bungacha Parij klubi ushbu eng nufuzli evrokubok tojini biror marta ham qo'lga kirita olmagan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar