«PSJ» stadionni o'z mulkiga aylantirmoqchi, ammo kelishmovchilik bor

Parijda hokimiyat almashdi, shaharning yangi meri Emmanuel Greguar bo'ldi. Yangi mer «PSJ»ning «Park de Prens» stadionini xususiy mulk sifatida sotib olishiga ancha ijobiy qaramoqda.
Klub egasi Nosir al-Xelayfiy stadionni sotib olishni anchadan beri orzu qiladi — u shaxsiy stadionga ega bo'lish klubning dunyodagi nufuzi va taniluvchanligini oshirishda muhim qadam deb hisoblaydi.
Biroq, hozircha ayrim shartlarda muammolar mavjud — xususan, Greguar stadion nomini o'zgartirishga qat'iyan qarshi chiqmoqda, al-Xelayfiy esa aynan shuni xohlagan edi.
Bundan tashqari, Greguar munitsipal kengashda bir ovozdan qo'llab-quvvatlanmayapti — aksincha, qarshiliklar ko'proq. Shu bois, masala hali to'liq hal bo'lganicha yo'q.