Argentina terma jamoasi va "PSJ"ning sobiq o'yinchisi Xaver Pastore zamonaviy futbol haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Futbolchilar juda yosh paytlarida haddan tashqari ko'p pul topishmoqda. 18 yoshingda yiliga 10 million evro ishlab topsangiz, qanday qilib ishtiyoqni birinchi o'ringa qo'yish mumkin? Shuncha pul topganingizda, odamlar sizga yaqinlashishga urinadi, investitsiyalar va boshqa o'n minglab narsalar haqida gapiradi, lekin futbol haqida emas", - deya Pastorening so'zlarini keltiradi L'Equipe.