"PSJ" sardori: "Shevale allaqachon klubga moslashib bo'lgan"

"PSJ" sardori, braziliyalik Markinosning fikricha, klubning yangi darvozaboni Luka Shevale ham jamoani tark etayotgan italiyalik Janluiji Donnarumma singari o'sish qobiliyatiga ega.
Donnarumma klubdagi faoliyati davomida tez-tez tanqid qilinardi, ammo aynan uning o'yini klubga o'tgan mavsumda orzu qilingan Chempionlar ligasida g'alaba qozonishga yordam berdi.
"U allaqachon moslashib bo'lgan. Umidlar katta, chunki u mashhur darvozabonning o'rnini egallamoqda, ammo biz Lukaning salohiyatiga ishonamiz.
U cho'qqiga chiqa oladi. Umid qilamanki, u biz uchun ham xuddi shunday muhim bo'ladi", - deya Markinosning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.