"PSJ" sardori jarohat tufayli bir necha haftaga safdan chiqdi

Frantsiyaning "Pari Sen-Jermen" klubi sardori Markinos chap sonidan olgan jarohati tufayli bir necha haftaga safdan chiqdi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati. Ilya Zabarniyga raqobatchi bo'lgan braziliyalik tajribali himoyachi tez orada reabilitatsiya jarayonidan o'tadi.
Eslatib o'tamiz, ayni damda "PSJ" lazaretida Joau Nevesh, Dezire Due va Usmon Dembele davolanmoqda.
Joriy mavsumda 31 yoshli Markinos "PSJ" safida barcha musobaqalarda 4 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.