Taniqli futbol arbobi Timur Gurtskaya Matvey Safonovning «PSJ»dagi kelajagi haqida insayd bilan bo'lishdi.

«Mendagi ma'lumotlarga ko'ra, hozir unga shartnomani yaxshilangan shartlar asosida uzaytirishni taklif qilishyapti. Ya'ni, klub unga ishonch bildirmoqda. Aytishlaricha, uni butun jamoa yaxshi ko'rarkan, unga munosabat juda ijobiy», — dedi Gurtskaya YouTube’dagi intervyusida.

Matvey Safonov 1,5 mavsumdan beri «PSJ» sharafini himoya qilib kelmoqda. U Parijga «Krasnodar» klubidan ko'chib o'tgan edi. Qishda golkiper jamoaning birinchi raqamli darvozaboniga aylandi va Renato Marin hamda Lyuka Shevaleni zaxiraga o'tkazib qo'ydi.