"PSJ" Reshford transferi uchun qancha ajratgani ma'lum bo'ldi

Hozirda "Barselona"da ijarada harakat qilayotgan Markus Reshford faoliyatini Frantsiya grandida davom ettirishi mumkin.
Sport nashri xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 28 yoshli inglizni 30 million evroga sotib ololmasa, "PSJ" u uchun "MYu"ga 50 million evro to'lashga tayyor.
Reshfordning o'zi kataloniyaliklar safida qilmoqchi. U joriy mavsumda 39 ta o'yinda 10 ta gol urib, 13 ta assist berdi.