"PSJ" "Real" futbolchisidan voz kechdi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga katta ehtimol bilan «Pari Sen-Jermen»ga o'tmaydi.
Tarqalgan ko'plab mish-mishlarga ko'ra, «qirollik klubi» kelayotgan yozda frantsiyalik futbolchini sotishga tayyor. Yarim himoyachining xizmatlari «PSJ»ga taklif qilingan, biroq parijliklar uning nomzodini ko'rib chiqishni rad etishgan, deb xabar bermoqda Transfer News Live nashri Media Foot’ga tayanib. 23 yoshli o'yinchiga, shuningdek, Angliya Premer-ligasi vakillari ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.
Transfermarkt portali Eduardo Kamavinganing narxini 50 mln evroga baholagan, uning amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda futbolchi «Real» safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.