Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga «Pari Sen-Jermen»ning potentsial transfer maqsadiga aylandi.

Transfer News Live nashrining Diario AS'ga tayanib xabar berishicha, Frantsiya grandi 23 yoshli futbolchi borasida norasmiy so'rov bilan chiqqan. Xavbekning o'zi esa hali ham «qaymoqranglilar» safini tark etishni istamayapti va «PSJ»ning qiziqishiga qaramay, o'z fikrini o'zgartirishi qiyin.

Bundan oldin Eduardo Kamavingaga da'vogarlar qatorida Milanning «Inter» klubi ham tilga olingan edi. Transfermarkt baholashiga ko'ra, frantsiyalik futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi. Uning «Real» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Manba: Stadion.uz