"PSJ" qishda Safonov bilan xayrlashmoqchi emas

Rossiyalik darvozabon Matvey Safonov qishki transfer oynasida "PSJ"ni tark etmaydi, deb yozadi Top Mercato.
Parij klubi joriy mavsumda atigi 1ta o'yin o'tkazgan Safonovning klubni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
"Kulgili, bu shunchaki spekulyatsiya. U bilan besh yillik shartnoma imzolaganimizni unutmang. U kelganidan beri juda ko'p qo'shdi. U "PSJ" darajasiga mos kelishini tasdiqladi", - deyiladi klub xabarida.
Qayd etilishicha, 26 yoshli Safonov ham "PSJ"ni tark etish haqida o'ylamayapti.
Rossiyalikning agenti bir oy oldin sport direktori Luish Kampush bilan gaplashgan va darvozabonning ketishi masalasi ko'tarilmagan.