«PSJ» Qatar shirkati boshqaruviga o'tganidan beri o'z kollektsiyasidagi 42-sovringa ega chiqdi.

Luis Enrike jamoasi ketma-ket ikkinchi bor Chempionlar ligasida g'olib chiqishdan tashqari, joriy mavsumda Frantsiya Superkubogi, UEFA Superkubogi, Qit'alararo kubok va Liga 1da ham zafar quchdi.

2011/12 yilgi mavsumdan boshlab, ya'ni klub qatarliklar mulkiga aylanganidan beri, «Pari Sen-Jermen» jami 42 ta sovrinni qo'lga kiritgan bo'lib, ularning 38 tasi Frantsiya ichki musobaqalariga to'g'ri keladi. Taqqoslash uchun, ushbu davr mobaynida Frantsiyaning barcha qolgan klublari birgalikda jami 15 ta g'alabaga erishgan va faqat «Lill» hamda «Lion»gina bir martadan ko'p (ikki martadan) g'olib bo'lishni uddalagan, xolos.