«PSJ» prezidenti «Oltin to'p» taqdirlash marosimiga tashrif buyuradi

"PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfiy "Oltin to'p" marosimiga tashrif buyuradi.
Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
"Oltin to'p"ni topshirish marosimi bugun Parijda bo'lib o'tadi va soat 00:00 da (TShV) boshlanadi. Shu bilan birga, yakshanba kuni noqulay ob-havo sharoiti tufayli o'tkazilmagan "PSJ"ning Liga 1 5-turidan o'rin olgan "Marsel"ga qarshi safar uchrashuvi ham bo'lib o'tadi.
Avvalroq marosimda Usmon Dembele, Dezire Due va Joau Neveshning ishtirok etishi aniq bo'lgani ma'lum qilingandi.