"Pari Sen-Jermen" klubi bosh murabbiyi Nosir al-Xelayfiy jamoaning o'ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimiy haqida fikr bildirdi.

"Hakimiyni dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb bilaman. U Afrikaning eng yaxshi futbolchisi, o'tgan mavsumda aql bovar qilmaydigan yutuqlarga erishdi. Ashraf - "PSJ" etakchisi va Marokash terma jamoasi sardori. Men u bilan juda faxrlanaman", - dedi al-Helayfiy.

O'tgan yili Ashraf Hakimiy Afrikaning "Oltin to'p"i uchun kurashda Ademola Luqmanga imkoniyatni boy berib, ikkinchi bo'lgandi.

"PSJ" 2024/25 yilgi mavsumni Chempionlar ligasi va Frantsiya ichidagi barcha turnirlar g'olibi sifatida yakunladi.