"PSJ" portugaliyalik yarim himoyachisini ijaraga berib yubordi (foto)

Renatu Sanshesh "Panatinaikos"ga o'tdi.
28 yoshli portugaliyalik yarim himoyachi “PSJ”dan Yunonistonga 1 yillik ijara asosida, sotib olish huquqisiz qo'shildi.
Renatu 2016 yilda “Bavariya” tomonidan 35 mln evroga sotib olinganida ulkan iste'dod sifatida ko'rilgan edi. Keyinchalik “Lill”da qayta porlab, “PSJ”ga 15 mln evroga transfer qilingan. Ammo Parijda o'yinlari kutilgan darajada ketmadi.
"Roma" va "Benfika"dan so'ng futbolchining ambitsiyalari ancha pasaydi va endi u Yunonistonda davom etadi.
