"PSJ" Parij derbisidan keyin 2025 yilda qo'lga kiritilgan oltita sovrinning barchasini muxlislarga namoyish etadi.

Yakshanba, 4 yanvar kuni "PSJ" "Parij"ga qarshi Liga 1 ning 17-turidan so'ng muxlislarga oltita sovrinni namoyish etadi.

Muxlislar jamoaning 2025 yilda Luis Enrike qo'l ostida qo'lga kiritgan barcha sovrinlarini ko'rishlari mumkin bo'ladi.

Kalendar yili davomida "PSJ" Chempionlar Ligasi, Liga 1 bosh sovrini, Frantsiya Kubogi, Frantsiya Superkubogi, Evropa Superkubogi va qit'alararo Kubokni qo'lga kiritdi.