«PSJ» oxirgi o'nta o'yinining faqat bittasida g'alaba qozona olmadi.

Luis Enrike shogirdlari bugun Chempionlar Ligasida «Bavariya»ni 5:4 hisobida mag'lub etdi.

11 martdan boshlab parijliklar umumiy 30:7 hisobi bilan to'qqizta g'alabaga erishishdi. Ushbu davr ichidagi yagona mag'lubiyat — «Lion»dan (1:2) qabul qilib olingan.

2 may kuni «PSJ» «Loryan» bilan kuch sinashadi.