«Pari Sen-Jermen» klubi o'zining asosiy yulduzlaridan biri — Dezire Dueni sotish bo'yicha shartlarini ma'lum qildi.

«TEAMtalk» nashrining ta'kidlashicha, parijliklar frantsuz vingerini faqat katta foyda evaziga sotishga tayyor. «PSJ» Due bo'yicha takliflarni 100 million evrodan boshlangan narxda ko'rib chiqadi.

Ideal stsenariyda «PSJ» Dezire uchun taxminan 150 million evro ishlab olishni umid qilmoqda.

OAV ma'lumotlariga ko'ra, Duega «Liverpul», «Real» va «Bavariya» klublari da'vogarlik qilmoqda. Biroq, hozircha hech qaysi klub futbolchi uchun rasmiy taklif bilan chiqmagan.