«PSJ» o'z rolidan norozi bo'lgan Zabarniy borasida qaror qabul qildi

«Pari Sen-Jermen» markaziy himoyachisi Ilya Zabarniy sotilishi mumkin bo'lgan nomzodlar qatoriga kirdi. 23 yoshli futbolchi jamoadagi o'z o'rnidan norozi – Luis Enrike muhim o'yinlarda unga kamdan-kam hollarda ishonch bildirmoqda.
DaveOCKOP nashri xabariga ko'ra, Parij klubi rahbariyati futbolchini sotishga tayyor, biroq ular uchun 63 million evroga yaqin summa talab qilmoqda.
Ta'kidlash joizki, Ilya Zabarniy o'tgan yilning avgust oyida «PSJ»ga aynan 63 million evro evaziga Angliyaning «Bornmut» klubidan kelgan edi.
Hozirgi kunda futbolchining bozordagi qiymati Transfermarkt mutaxassislari tomonidan 40 million evroga baholanmoqda. Zabarniyning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.