«PSJ»ning Safonov bo'yicha rejalari ma'lum

Taniqli futbol eksperti va insayder Timur Gurtskaya «PSJ» darvozaboni Matvey Safonovning Parijdagi kelajagi haqida yangi ma'lumotlarni oshkor qildi. Uning so'zlariga ko'ra, Frantsiya grandi rossiyalik posbon bilan amaldagi kelishuvni uzaytirish ustida ishlamoqda.
«Mendagi ma'lumotlarga ko'ra, hozirda «PSJ» unga yaxshilangan moliyaviy shartlar asosida shartnomani uzaytirishni taklif qilmoqda. Bu klub unga to'liq ishonishidan dalolat beradi. Aytishlaricha, butun jamoa uni yaxshi ko'radi, Safonovning kollektivdagi obro'si juda baland», — dedi Gurtskaya YouTube kanalidagi chiqishida.
Eslatib o'tamiz, Matvey Safonov 1,5 mavsumdan buyon «PSJ» sharafini himoya qilib kelmoqda. «Krasnodar»dan ko'chib o'tgan darvozabon joriy yilning qishida jamoaning asosiy posboniga aylandi. U raqobatda Renato Marin va Lyuka Shevale kabi darvozabonlarni ortda qoldirib, «birinchi raqam» maqomini qo'lga kiritdi.