"PSJ"ning muhim futbolchisi safga qaytdi

"PSJ" yarim himoyachisi Fabian Ruis jarohatidan forig' bo'ldi. Bu haqda Le Parisien jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 29 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi Liga 1ning 10-turidan o'rin olgan "Loryan"ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin. Uchrashuv 29 oktyabr, chorshanba kuni bo'lib o'tadi.
Frantsiya chempionatining joriy mavsumida Fabian beshta o'yinda qatnashib, bitta gol va bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.