Karlos Soler "PSJ"dan "Real Sosedad"ga o'tdi.

Ispan klubi 28 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Tomonlar yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 4 yillik shartnoma imzoladilar.

Le Parisien xabariga ko'ra, "Sosedad" futbolchining 50 foiz huquqi uchun 8 million evro to'lagan.

Soler o'tgan mavsumni "Vest Xem"da o'tkazdi.