«PSJ»ning Chempionlar ligasidagi g'alabasi Frantsiyada ommaviy tartibsizliklarga sabab bo'ldi.

Chempionlar ligasi finalida «PSJ»ning «Arsenal» ustidan qozonilgan g'alabasi (asosiy vaqtda 1:1, penaltilar seriyasida 4:3) Frantsiya bo'ylab ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqardi.

Ichki ishlar vaziri Loran Nunesning ma'lumotiga ko'ra, 416 kishi hibsga olingan, ulardan 283 nafari Parijda qo'lga olingan. Shuningdek, to'qnashuvlar davomida 7 nafar politsiyachi jarohatlangan, ulardan birining ahvoli og'ir.

Muxlislarga qarshi kurashish uchun 22 000 politsiyachi va jandarm safarbar etilgan, shundan 8 000 nafari poytaxtda faoliyat yuritgan. Parij politsiyasi muxlislardan 24 ta fayer va yuzlab petardalarni musoddara qilganini ma'lum qildi. Tartibsizliklar davomida Port-de-Sen-Klu hududida 6 ta avtomobil, bitta novvoyxona va restoranga shikast etkazilgan.

AFP reportyorining so'zlariga ko'ra, shaharning janubida muxlislar tinimsiz ravishda feyerverklar otishgan, so'ngra o't o'chirish mashinasiga hujum qilishgan.

«Muammo futbolda emas, balki bayram qilishda. Yirik g'alabalarga doim zo'ravonliklar soya soladi», — deya vaziyatga izoh berdi Parij politsiya kasaba uyushmasi vakili Faben Boge.