«PSJ» narxi 100 million evrodan ortiq bo'lgan yangi yarim himoyachini tanladi

Londonning «Vest Xem» klubiga tegishli bo'lgan portugaliyalik yarim himoyachi Mateush Fernandesh faoliyatini Evropaning top-klublaridan birida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Ben Jeykobsning xabariga ko'ra, Frantsiyaning «PSJ» klubi 21 yoshli futbolchining transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
«Bolg'achilar» o'z o'yinchisini yuqori baholamoqda va uni sotishdan taxminan 116 million evro ishlab olishni ko'zlamoqda. O'tgan mavsumda Fernandesh London klubi safida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o'tamiz, 2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, «Vest Xem» Premer-ligani tark etdi.