«Pari Sen-Jermen» klubi «Milan»ning 18 yoshli darvozaboni Alessandro Longonini erkin agent maqomida o'z safiga qo'shib oldi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Yosh posbon «Milan» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanib, shu paytgacha jamoaning yoshlar va o'rinbosarlar tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Romanoning yozishicha, Longoni Parij klubida Matvey Safonov va Lyuka Shevaledan keyin jamoaning uchinchi raqamli darvozaboniga aylanadi. Jamoaning boshqa bir 19 yoshli posboni Renato Marin esa tajriba to'plashi uchun Portugaliya klublaridan biriga ijaraga berib yuboriladi.

Manba: Stadion.uz