«PSJ» Matvey Safonovning kelajagi borasida bir qarorga keldi

Frantsiyaning «PSJ» klubi «Portu» darvozaboni Diogu Koshtaning transferiga qiziqish bildirmoqda. Portugaliyalik posbon jamoada yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishga yaqin turgan Lyuka Shevalening o'rnini egallashi mumkin.
«Yahoo Sports» jurnalistlarining xabar berishicha, Koshtaning ehtimoliy transferi fonida parijliklar Matvey Safonovning kelajagi borasida bir qarorga kelishdi. Frantsiya chempionlari rossiyalik darvozabonni jamoada saqlab qolmoqchi. Klub rahbariyati golkiperning yakunlanib borayotgan mavsumdagi o'yin darajasidan to'liq qoniqish hosil qilgan.
Joriy mavsumda Matvey «PSJ» safinda 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Rossiyalik posbon o'z darvozasidan 27 ta gol o'tkazib yubordi va 12 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.