"PSJ" markaziy himoyachisi Qatarga yo'l olishi mumkin

"PSJ" markaziy himoyachisi Presnel Kimpembe jamoa bilan kelasi yil yozida yakunlanadigan shartnomasini uzaytirmaydi.
Parijliklar 30 yoshli frantsuzni shu yozdayoq tekinga qo'yib yuborishga tayyor.
L'Equipe xabariga ko'ra, futbolchiga Qatarning nomi oshkor etilmagan klubi qiziqmoqda. Bu kelishuv 16 sentyabrga qadar amalga oshishi mumkin.