«PSJ» Luis Enrike qo'l ostida ilk bor ichki musobaqada sovrinni boy berdi

«PSJ» Luis Enrike qo'l ostida ilk bor ichki musobaqada sovrinni qo'lga kiritish imkoniyatini boy berdi.
Bugun ispaniyalik mutaxassis boshqaruvidagi jamoa Frantsiya Kubogining 1/16 finalida «Parij»ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lib, musobaqani tark etdi.
Enrike «PSJ»ni 2023/24 mavsumi boshlanishidan oldin qabul qilib olgan edi. Uning qo'l ostida klub uch marta Frantsiya Superkubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, ikki marta mamlakat chempioni bo'ldi va ikki bor Frantsiya Kubogini yutdi.