"PSJ" Liga 1da peshqadamlikni qo'ldan boy berdi

"Monako" Liga 1 peshqadamiga aylandi.
5-turda monegasklar "Metts"ni yirik hisobda mag'lub etdi (5:2) va "PSJ"ni ortda qoldirdi (0:1).
"Monako", "PSJ", "Lion" va "Strasbur" klublari ochkolari sonini 12 taga etkazib, 1-o'rindan 4-o'ringa joylashdi. To'plar nisbati bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkich monegasklar va parijliklarda (+6).
5-pog'onani 10 ochko jamg'argan "Lill" egallab turibdi, keyingi o'rinlarda "Marsel" va "Lans" (9 ochkodan) bormoqda.