Ertaga, 5 oktyabr kuni soat 23:45 da Frantsiya chempionati 7-turidan o'rin olgan "Lill" - "Pari Sen-Jermen" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Poytaxt klubi o'yin oldidan tibbiy hisobot e'lon qilib, unda Joau Nevesh, Dezire Due, Usmon Dembele, Xvicha Kvaratsxeliya va Markinos jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirayotganini ma'lum qildi.

Shuningdek, Parij jamoasi yarim himoyachisi Fabian Ruis ham shifokorlar nazorati ostida ekani aytilmoqda. Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi hafta o'rtasida Chempionlar ligasi doirasida "Barselona"ga (2:1) qarshi o'yinda maydonga tushgan edi.