«PSJ» joriy mavsumda beshta sovrinni qo'lga kiritdi.

Luis Enrike shogirdlari bugun Chempionlar ligasi finalida «Arsenal»ni penaltilar seriyasida mag'lub etishdi.

Bungacha parijliklar Frantsiya chempionati va Superkubogi, Qit'alararo kubok hamda UEFA Superkubogida zafar quchishgandi. Frantsiya kubogida esa «PSJ» 1/16 finalda «Parij» klubiga imkoniyatni boy berib qo'ydi (0:1).