Bu haqda Goal xabar bermoqda. Sabab - gruziyalik o'yinchining og'ir jarohati: Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yinda (4:2) Kvaratsxeliya tizzasining xochsimon bog'lamini yirtib oldi va katta ehtimol bilan mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.

Joriy mavsumda Maza klub safida barcha turnirlarda to'qqizta o'yinda maydonga tushib, uchta gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.