«PSJ» italiyalik darvozabon bilan shartnoma imzolaydi

Italiya yoshlar terma jamoasi va «Milan» klubi darvozaboni Alessandro Longoni «PSJ»ga o'tishga juda yaqin turibdi. «L’Equipe» nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, Parij klubi 18 yoshli golkiperning transferi bo'yicha ishlarni deyarli yakunladi.
Futbolchi Frantsiya grandi bilan o'zining ilk professional shartnomasini imzolaydi. Longoni «PSJ»ning yoshlar jamoasida to'p suradi, shuningdek, asosiy tarkib mashg'ulotlariga ham jalb etib boriladi.
Longoni «Milan» akademiyasi tizimidan etishib chiqqan futbolchi hisoblanadi va hozirda Italiyaning 19 yoshgacha bo'lgan o'smirlar terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.