"PSJ" ilk bor "Marsel"ni 5ta gol farqi bilan mag'lub etdi

"PSJ" Frantsiya chempionatining 21-turida o'z maydonida "Marsel"ni (5:0) mag'lub etdi.
Bungacha Parij jamoasi hech qachon "Marsel" jamoasini 5ta gol farqi bilan mag'lub etmagandi.
"PSJ" o'z maydonida ketma-ket oltinchi marta "Marsel"ni mag'lub etdi - bu ketma-ketlik 2022 yil aprelidan beri davom etmoqda.
Parijliklar 21 uchrashuvdan keyin 51 ochko bilan Frantsiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Marsel" esa to'rtinchi o'rinda bormoqda (21 o'yindan keyin 39 ochko).
Kommentariyalar