«PSJ» hujumchisi Ramush ikkita top-klubga taklif qilindi

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Gonsalu Ramush faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Portugaliyalik futbolchi parijliklarning asosiy tarkibidan muqim joy ololmayapti, shu sababli uning ushbu yozda jamoani tark etishi juda ehtimoldan yiroq emas. Insayder Nikolo Skiraning bergan ma'lumotlariga ko'ra, hujumchining xizmatlari allaqachon «Milan» va «Yuventus» klublariga taklif etilgan. Hozircha «rossoneri»lar va «byankoneri»lar ushbu bitimga qanchalik qiziqish bildirayotgani noma'lum.
Gonsalu Ramush o'tgan mavsumda «PSJ» safida 45 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol va ikkita golli uzatma bilan ajralib turdi. 24 yoshli futbolchining transfer qiymati Transfermarkt portali tomonidan 30 mln evroga baholanmoqda.